Tezkor: O‘qishga kira olmagan abituriyentlarga yana bir imkoniyat beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yil o‘tkazilgan kirish imtihonlaridan o‘ta olmagan abituriyentlarning ham oliy ma’lumot olishlariga imkoniyat yaratilmoqda. 

Ilk bor istisno tariqasida talabalikka tavsiya etilmagan bakalavriat abituriyentlariga ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi yoki beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan ("SUPERKONTRAKT") to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qarorida so‘z boradi. 

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov bo‘yicha birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, bakalavriatda ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra ustuvorligi bo‘yicha tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan ("SUPERKONTRAKT") to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov bo‘yicha ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining birida e’lon qilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 oktyabr kuni 2020-2021 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 balldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi. 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing