Uinston Cherchillga oid yangi gaplar paydo bo‘ldi
Olam
−
03 iyul 2020
8898Buyuk Britaniya fuqarosi javonlarni ta’mirlayotib, mamlakatning sobiq Bosh vaziri Uinston Cherchillning shaxsiy haydovchisiga taalluqli hujjatlarni tasodifan topib oldi. Bu haqda “The Sun” nashri yozmoqda.
O‘zining nomini oshkor qilishni istamagan britaniyalik ta’til paytida idorasini ta’mirlashga qaror qiladi. Tozalash paytida u pazl-o‘yinli qutiga e’tibor beradi. U ushbu o‘yinni yoqtirganligi sababli, qutining ichida nima borligini ko‘rishga qaror qiladi.
Qutida bir nechta maxfiy telegramma va ko‘rsatmalar bo‘lib, ular Bosh vazirning qarorgohi bo‘lmish Dauning-strit 10 dan va politsiya bo‘limidan yuborilgan edi. Ularda Cherchillni qayerda va qachon kutish kerakligi yozilgan edi. Britaniyalik, shuningdek, arxiv egasi – Redjinald Parkerning fotosuratini ham topib oladi. U 1925 yildan 1949 yilgacha Buyuk Britaniyaning beshta Bosh vazirining haydovchisi sifatida ishlagan.
U topilmalarni Hansons auksion uyiga olib bordi. Ular bir necha yuz funtga baholandi. Britaniyalik hujjatlar muzeyda namoyish qilinishiga umid qilmoqda.
LiveBarchasi