70 yoshli ota o‘z o‘g‘lini bolta bilan 25 marta urib, o‘ldirdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 7 iyun kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 70 yoshli ota o‘z o‘g‘liga bolta bilan 25 marta zarba berib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Zamon” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Bekobod tumani Zafar shaharchasida yuz bergan. 70 yoshli, 4 farzandning otasi bo‘lgan fuqaro F.Y. o‘g‘lining xurmacha qiliqlariga chiday olmasdan unga bolta bilan 25 marta zarba bergan. Oqibatda o‘g‘il vafot etgan. 

Qayd etilishicha, marhum I.Y.ning uch nafari farzandi bo‘lgan. U yo‘l-patrul xizmati xodimi sifatida 9 yildan ko‘proq faoliyat yuritgan. Ishidagi xato va kamchiliklar tufayli vazifasidan ozod etilgan. Ish so‘rab qilgan murojaatlari qanoatlantirilmagandan so‘ng, ichkilikka berilib ketgan. Oqibatda tez-tez ichib kelib ota-onasi va oila a’zolariga tazyiq o‘tkazgan.  

“7 iyun kuni ham ichib kelib, menga pul ber dedi, men pulim yo‘q, 1 mln 200 ming nafaqa olganman, yostig‘imni tagida turibdi, ana o‘shani olib ishlat dedim. “Menga u pul kerak emas, menga ko‘p pul kerak”, dedi. Keyin biroz o‘tib uyga kirsam, kampirim seyfni ochib beribdi, u bir nimalar olyapti. Shu vaqt ko‘zim boltaga tushdi, nima qilganman, qaysi tarafi bilan urganman, qancha urganman bilmayman”, deydi ota.  

Sud hukmiga ko‘ra, 70 yoshli ota o‘g‘lining o‘ldirib qo‘ygani uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1545

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing