UFC jangchisi Ilon Maskga “vizov” tashladi

Sport 12815
image
-

Amerikalik UFC jangchisi Benil Dariush Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Maskga chaqiriq bilan chiqdi. Bu haqda UFC Matbuot xizmati xabar bergan.

Benil Dariush kecha, 15 may kuni Toni Fergyusonga qarshi g‘alabaga erishgach, milliarder Maskga murojaat qilgan.

“Men bir odamga chaqiriq bilan chiqmoqchiman. Bu Ilon Mask. Ilon Mask, xotinimning mashinasi qani?”, degan Dariush.

Jangchi mashinaga olti oy avval buyurtma berganini aytib, ammo hamon uni qabul qilib olmaganidan norozilik bildirgan.

“Biz farzand kutyapmiz, menga yaxshi mashina kerak. Men o‘z farzandim xavfsizligini ta’minlashim kerak, shunday ekak, Ilon bo‘laqol, men o‘z mashinamni kutyapman”, deya qo‘shimcha qilgan sportchi.

Ma’lumot uchun, Dariush va Fergyuson UFC 262 musobaqasi doirasida jang o‘tkazdi. Bahs 5 raund davom etdi va hakamlar bir ovozdan Dariushni g‘olib deb e’lon qildi. Bu sportchi faoliyatidagi 21-g‘alaba bo‘ldi. U jami 26 ta jang o‘tkazgan. Janglarning biri durang va 4 tasi mag‘lubiyat bilan tugagan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 671
Reyting: 2.9
t
×