UFC prezidenti million dollar yutqazib qo‘ygani haqida gapirib berdi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt sport musobaqalarida garov tikishni yaxshi ko‘rishini tan oldi va boks uchrashuvida g‘olibni to‘g‘ri topa olmay, 1 million AQSH dollari yutqazgani to‘g‘risida aytib berdi. Bu haqda “Championat” nashri yozmoqda. 

“Men garov bog‘lashni yaxshi ko‘raman. Bu sport musobaqalarini hayajonli va qiziqarli qiladi. O‘zim Las-Vegasdanman, shuning uchun har doim garov o‘ynayman”, deydi UFC prezidenti.

Dana Uayt shuningdek, agar tez-tez garov bog‘lab turmasa, o‘zini yomon his qilishini qo‘shimcha qilgan.

“Men bir paytlar Jermeyn Teylorga million dollar tikdim. Ogayodan kelgan Kelli Pavlik Teylorni "yorib qo‘ydi". Mening million dollarim ham, Teylor ham yo‘q qilindi”, deydi Dana Uayt


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

548

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing