UFC prezidenti koronavirusga chalindi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt koronavirus bilan kasallanganini ma’lum qildi. Ayni damda UFC rahbari Las Vegasdagi uyida izolyatsiya qilingan. Bu haqda TACC xabar bermoqda.

Dana Uaytning aytishicha, nafaqat unda balki yaqin qarindoshlarida ham COVID-19 aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ular virusni Shukrona kuni yuqtirgan. 

UFC prezidenti bug‘ xonasida evkaliptni hidlab ko‘rgan, ammo uning hidini sezmagan. Shundan so‘ng, koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. 52 yoshli Uayt virusga qarshi to‘liq emlangan. 

Qayd etilishicha, Dana Uayt Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan Fight Night  turnirida test natijasi salbiy bo‘lgan taqdirda qatnashishni rejalashtirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 dekabr kuni UFC 269 turniri bo‘lib o‘tadi va unda Charlz Oliveyra hamda Dastin Pore chempionlik kamari uchun kurashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing