UFC Prezidenti Konorning jangi oldidan Habib bilan uchrashadi

Sport

−

image

UFC Prezidenti Dana Uayt 2021 yil boshida rossiyalik aralash kurash jangchisi Habib Nurmuhamedov bilan uchrashadi. Bu haqda "BJ Penn" xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, UFC Prezidenti 2021 yilning 23 yanvar kuni Abu-Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC 257 turniri oldidan rossiyalik jangchi bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, UFC 257 musobaqasining asosiy voqeasi irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Dastin Pore o‘rtasidagi jang bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Nurmuhamedov joriy yilning 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi. 

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni Habib Nurmuhamedov Toshkentga kelgan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

595

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar