UFC musobaqasining markaziy jangida kutilmagan holat yuz berdi (video)

Sport

Video: o‘zbekistonlik jangchi MMA turnirida raqibini hayratlanarli nokautga uchratdi north_east

Video: o‘zbekistonlik jangchi MMA turnirida raqibini hayratlanarli nokautga uchratdi

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri o‘tkazildi. UFC Fight Night 187 (UFC Vegas 21) oqshomining markaziy jangida britaniyalik Leon Edvards hamda amerikalik Bilol Muhammad to‘qnash kelishdi.

Musobaqaning markaziy jangida kamdan-kam uchraydigan holat kuzatildi. Jang ikkinchi raundning 18-soniyasida to‘xtatildi. Negaki shu vaqtda Edvards Bilol Muhammadning ko‘ziga qo‘lini tiqib oldi.

Natijada, amerikalik bokschi Muhammad jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa, barcha hakamlar markaziy jangni o‘tkazilmagan deb qaror chiqarishdi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Edvards hamda 32 yoshli Muhammad hisobida bir xil natija qayd etishgan. Ya’ni ikkala bokschida ham 18 tadan g‘alaba va 3 mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

UFC

Baholaganlar

1309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing