UFC “gangster”lari ringda to‘qnashadigan bo‘ldi

Sport

image

Amerikalik sobiq UFC jangchisi Xorxe Masvidal amerikalik hamyurti Neyt Dias bilan boks qoidalariga ko‘ra jang o‘tkazadi. Bu haqda jurnalist Ariel Xelvani o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 79 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 10 raundlik jang AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida bo‘lib o‘tadi. Jang joriy yilning 1 iyun sanasida o‘tkaziladi.

Qayd etish joiz, bungacha UFC'da “gangster” nomi bilan tanilgan Masvidal va Dias aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha to‘qnash kelgan. Ularning jangi 2019 yilning noyabr oyida UFC 244 turnirida o‘tkazilgan va to‘qnashuvda Xorxe Masvidal uchinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, Xorxe Masvidal MMA'da 52 ta jang o‘tkazib, 35 tasida g‘alaba qozongan. Dias esa aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan 37 ta jangning 24 tasida zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Neyt Dias Xorxe Masvidal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing