UFC chempioni o‘zini boksda sinab ko‘rmoqchi

Sport

image

UFC’ning yengil vazn toifasidagi amaldagi chempioni, ispaniyalik aralash yakkakurash jangchisi Iliya Topuriya boks bo‘yicha jang o‘tkazish istagini bildirmoqda. Bu haqda “Happy Punch” ma’lum qildi.

“Mening maqsadim boksga o‘tish va o‘zimni bu sport turida sinab ko‘rish. Bu albatta sodir bo‘lishiga ishonchim komil. Hozircha aniq sanasi yo‘q, lekin bu albatta bo‘ladi”, deya ta’kidladi Topuriya.

Gruzin millatiga mansub jangchi Iliya Topuriya aralash janglar yo‘nalishida mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etgan.

Hozirgacha Topuriyaning umumiy professional MMA rekordi 17 g‘alaba va 0 mag‘lubiyatdan iborat. Ulardan 7 tasi nokaut, 8 tasi sabmishen, qolgan 2 tasi esa hakamlar qarori bilan qo‘lga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Iliya Topuriya oxirgi marta 29 iyun kuni oktagonga ko‘tarilgan edi. U yengil vazndagi bo‘sh turgan chempionlik kamari uchun sobiq UFC chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi jang qildi va raqibini ilk raundda nokaut bilan mag‘lub etdi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

boks UFC Iliya Topuriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing