UFC 280. Murodovning vazni raqibidan yengilroq chiqdi

Sport

image

Ertaga, 22 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabida UFC 280 promousheni janglari o‘tkaziladi. Bugun, 21 oktyabr kuni jangchilar rasmiy vazn o‘lchash marosimida ishtirok etishdi.

O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodovning vazni 83,9 kg ko‘rsatdi. Uning raqibi braziliyalik Kayo Borraloning og‘irligi esa 84,3 kg chiqdi. 

Markaziy jang ishtirokchilari rossiyalik Islam Maxachev va Braziliya vakili Charlz Oliveyra bir xil vazn -70,8 kg tosh bosishdi. Shuningdek, yana bir rus jangchisi Zubayra Tuxugov belgilangan vazndan ortiq tosh bosdi va shu sababli uning jangi bekor qilindi. Avvalroq, sportchilar rasmiy mediaday va face-to-face'da qatnashishgandi.

Shunday qilib, ishtirokchilar promoushen oldidan barcha rasmiy tadbirlarni yakunlashdi. Endi ular oktagonda o‘zaro hisob-kitob qilib olishadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing