UFC 268: turnirning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 7 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 268 turnirida asosiy kardning barcha janglari tasdiqlandi.

Turnirdan ikkita chempionlik jangi o‘rin olgan. Yarim o‘rta vazn toifasining mutlaq chempioni, nigeriyalik Kamaru Usman amerikalik Kolbi Kovington bilan ikkinchi marta oktagonga ko‘tariladi. Ikki MMA ustasi ilk marta UFC 245 turnirida bahs olib borgan va Usman raqibining jag‘ini sindirib, muddatidan avval g‘alaba qozongandi. 

Ayollar o‘rtasida eng yengil vazn toifasida chempionlik kamariga ega Rouz Namayunas xitoylik Jang Veyli bilan revansh jangida ishtirok etadi. Ikki jangchi o‘zaro UFC 261 turnirida ham to‘qnash kelgan va Namayunas “xay-kik” zarbasi evaziga raqibini nokautga uchratgan edi.

Shuningdek, yengil vazn toifasida amerikalik jangchilar – Jastin Getji va Maykl Chendler hisob-kitob qiladi. Har ikkisi so‘nggi bor chempionlik jangida ishtirok etgan. Getji UFC 254 musobaqasida Habib Nurmuhamedovga, Chendler esa, UFC 262 turnirida Charlz Oliveyraga muddatidan avval mag‘lub bo‘lgandi.

UFC 268 turnirining asosiy kard janglari ishtirokchilari:

•  Kamaru Usman (ch) – Kolbi Kovington;
•  Rouz Namayunas (ch) – Jang Veyli;
•  Maykl Chendler – Jastin Getji;
•  Lyuk Rokxold – Shon Striklend;
•  Frenki Edgar – Marlon Vera;
•  El Yakvinta – Bobbi Grin;
•  Jermen de Rendami – Iren Aldana.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, o‘zbekistonlik Mahmud Murodov UFC Vegas 35 turnirida amerikalik Jerald Myorshartga mag‘lub bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC N'yu-York Jastin Getji Kolbi Kovington Kamaru Usman (ch) Rouz Namayunas (ch) Jang Veyli Maykl Chendler UFC 268

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing