O‘FA Osiyoning eng yaxshi federatsiyasi bo‘ldi (video)

Sport

image

Kecha, 31 oktyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) “AFC Annual Awards” yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) “Yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Osiyoning turli futbol tadbirlariga mezbonlik qildi hamda o‘zaro loyihalarni amalga oshirdi. Xususan, tarixda ilk bor U-23 va U-20 Osiyo chempionatlari, shuningdek, OFKga a’zo assotsiatsiyalar prezidentlari va bosh kotiblari konferensiyasi O‘zbekistonda o‘tkazildi. Qit’a miqyosidagi turli saralash bahslari, klublar o‘rtasidagi turnirlar, ayollar futboli, CAFA musobaqalarida O‘FA faollik ko‘rsatdi. Ushbu sa’y-harakatlar OFK tomonidan munosib e’tirof etildi. 

Ta’kidlash joiz, mazkur nominatsiyada Eron futbol federatsiyasi va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi nomzodlari ko‘rsatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing