O‘FA qalbaki chiptalar bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi
Sport
−
20 mart
2983Bugun, 20 mart kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvi chiptalarini noqonuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlari uchramoqda. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
“Aynan mana shu holatlar sababli avvalgi o‘yinlarga ko‘plab insonlar qalbaki chiptalar olgan holda stadionga kira olishmadi. Bunday nopok ishga qo‘l urganlarga qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz. Futbol muxlislarini chayqovchilar qo‘lidan chipta olmaslikka chaqiramiz. Qalbaki chiptalar bilan stadionga kiritilmasligi haqida ogohlantiramiz!”, deyiladi manba xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) hamda Toshkent shahar IIBB ushbu o‘yinni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan muxlislardan jamoat tartibiga qat’iy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘rab, ogohlantirgandi.
LiveBarchasi