UEFA Jahon chempionatini boykot qilishi mumkin

Sport

image

Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) FIFA Jahon chempionati tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasi va so‘ngi qarorlari sababli turnirni boykoti qilishi mumkin. Bu haqda Sky xabar berdi.

UEFA’ga a’zo milliy futbol federatsiyalarining vakillari shu hafta FIFA’ning Jahon chempionati tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasiga munosabat bildirish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.

Manbaga ko‘ra, mazkur rejalar UEFA’da FIFA prezidenti Janni Infantino boshqaruviga nisbatan yangi norozilik to‘lqinini keltirib chiqargan.

Xabar qilinishicha, agar Infantino ushbu rejasidan voz kechmasa, UEFA’ga a’zo mamlakatlar Jahon chempionatini boykot qilish masalasini ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janni Infantino kelajakda Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 tagacha oshirish imkoniyati ham ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi navbatdagi Jahon chempionati 2027 yilda Braziliyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing