UEFA Ukrainani jazoladi
Sport
−
10:12 910 1 daqiqa
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)ning Nazorat, etika va intizom qo‘mitasi Ukraina futbol assotsiatsiyasini (UAF) Litvaga qarshi Yevropa futzal chempionati o‘yinida muxlislar tomonidan sodir etilgan irqchilik xatti-harakatlari sabab 5000 yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina terma jamoasi 25 yanvar kuni Latviya, Litva va Sloveniyada o‘tkazilgan turnirning guruh bosqichida Litva jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etgan.
UEFA qaroriga ko‘ra, UAF nafaqat 5000 yevro jarima to‘laydi, balki muxlislarning irqchilik va kamsituvchi xatti-harakatlari sabab jamoaning UEFA futzal musobaqasidagi navbatdagi uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazishi ham belgilandi. Biroq, ushbu intizomiy chora shartli hisoblanadi – qaror bir yillik sinov muddati bilan kuchga kiradi. Ukrainalik muxlislar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlikning aniq tafsilotlari ochiqlanmagan.
Live
Barchasi