UEFA turkiyalik futbolchiga nisbatan millatchilik harakati uchun tergov boshladi
Sport
−
03 iyul
11800Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merih Demiralning Yevropa chempionatida Avstriya darvozasiga gol urganidan so‘ng qilgan harakati yuzasidan tergov boshladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
“UEFA intizomiy qoidalariga ko‘ra Turkiya terma jamoasi a’zosi Merih Demiralning nomaqbul xatti-harakati yuzasidan tergov boshlandi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.
Turkiya terma jamoasi 3 iyul kuni Yevropa chempionati 1/8 finalida Avstriya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Demiral dublga erishdi. Ikkinchi goldan so‘ng futbolchi bo‘ri ko‘rinishini eslatib yuboradigan ishora ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat futbol jamoasini Avstriya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabriklagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi