UEFA Rossiyaning istagini puchga chiqarmoqchi

Sport

image

Rossiya futbol ittifoqi (RFI) Yevro-2028  yoki Yevro-2032 ga mezbonlik qilish istagini bildirmoqda. Bu haqda “The Telyegraph” nashri xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, Yevropa futbol uyushmalari assotsiatsiyasi (UEFA) Rossiyaning 2028 yoki 2032 yillarda Yevro o‘yinlariga mezbonlik qilish taklifini rad etishga harakat qiladi. UYeFA rahbariyati RFIning Evro-2028 mezbonlik qilish taklifini rad etishni ko‘rib chiqish masalasida muhokama olib borishni mo‘ljallamoqda. Rossiyadan tashqari ushbu musobaqalarga mezbonlik qilish uchun Buyuk Britaniya va Irlandiya ham ariza topshirgan va ular Yevro-2028 ga mezbonlik qilishga asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgan edi.

Agar, urush boshlanmasidan oldin, Rossiya 2028 yoki 2032 yillarda Yevropa chempionatini o‘tkazish istagini bildirganida, UYeFA rahbarlari  taklifni rad eta olmagan bo‘lardi. Ammo UYeFA hozirda Rossiyaning Ukrainaga bosqini sababli xalqaro musobaqani Rossiyada  o‘tkazishning imkoni yo‘q deb hisoblamoqda.

Avvalroq, Yevro-2028 ni o‘tkazishga asosiy da’vogarlar ma’lum bo‘lgan edi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing