UEFA prezidenti Klopp va Gvardiolani tanqid qildi

Sport

image

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksandr Cheferin o‘yinlar ko‘pligidan norozi bo‘lgan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp va “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiolaning so‘zlariga javob qaytarib, nolishga ming yevro uchun bir oy ishlaydigan zavod ishchilari haqli ekanini aytib o‘tdi. Sport mutaxassisi bu haqda “La Gazzetta dello sport” nashriga bergan intervyusida so‘z ochgan.

“FIFA va UEFA'ga hujum qilish har doim oson. Ammo o‘yinlarning ko‘payishi oddiy holat hisoblanadi. Agar, kamroq o‘ynasangiz, siz kamroq pul olasiz. Zavodda ishlab, oyiga ming yevro oladigan ishchilar shikoyat qilishi kerak”, degan UEFA prezidenti "shaharliklar" va "qizillar" bosh murabbiylarining noroziligiga javoban.

Ma’lumot uchun, 2021-2022 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, "Manchester Siti" 93 ochko bilan Angliya Premer ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. “Liverpul” 92 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi. “Shaharliklar” Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borib, “Real”ga imkoniyatni boy berishgan bo‘lsa, “Liverpul” finalda “Real”ga mag‘lub bo‘lgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing