UEFA Klublar o‘rtasidagi JCHni boykot qilishi mumkin

Sport

image

UEFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boykot qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, bu masala FIFA prezidenti Janni Infantino atrofidagi mojaro bilan bog‘liq. Avvalroq, FIFA turnirlarning tijoriy huquqlarini xususiy kompaniyaga sotishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbol konfederatsiyalari bosimi va UEFA’ga a’zo mamlakatlar tomonidan Jahon chempionatini boykot qilish tahdididan so‘ng Infantino ushbu tashabbusdan voz kechdi.

Manbaga ko‘ra, UEFA prezidenti Aleksander Cheferin hamda Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) prezidenti Nosir Al-Xelayfi yaqin kunlarda ushbu vaziyatni muhokama qiladi. Uchrashuv joriy yilning 12 avgust kuni UEFA Superkubogi doirasida bo‘lib o‘tadigan “PSJ” – “Aston Villa” o‘yini arafasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Nosir Al-Xelayfi ayni paytda PSJ klubi prezidenti ham hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, Aleksander Cheferin Janni Infantino FIFA prezidenti lavozimida qolgan taqdirda, ECA va unga a’zo klublar 2029 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi tarafdori. Biroq bunday qaror kuchga kirishi uchun Yevropa klublari assotsiatsiyasi tarkibidagi 850 dan ortiq a’zo klubning roziligi talab etiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing