Uchtepada haydovchi 73 yoshli erkakning hayotiga nuqta qo‘ydi

Jamiyat

image

Kecha, 23 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 73 yoshli erkakning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

YTH soat 10:05 da Uchtepa tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yo‘lida yuz bergan. 28 yoshli Spark haydovchisi Sherbek J. yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida 73 yoshi Amandulla K. tan shikastlari olib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. 

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing