Uchta mamlakatda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriladi

Olam

image

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 23 milliondan ortib, 23 million 208 492 kishini tashkil etmoqda. Ularning 14 million 914 223 nafari sog‘aygan, 804 474 nafari vafot etgan. O‘tgan 24 soat ichida esa ushbu virusdan eng ko‘p vafot etish holatlari Braziliya, Hindiston va Meksikada qayd etildi. 

Koronavirus infeksiyasining yangi turi tufayli o‘tgan sutkada Hindistonda o‘lim ko‘rsatkichi 912, Braziliyada 892, Meksikada 644 ni tashkil qildi. 

Braziliya

Braziliya koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan dunyodagi ikkinchi mamlakat bo‘lib qolmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 tufayli o‘tgan sutkada 892 kishi vafot etdi. Xavfli infeksiya tufayli vafot etganlarning umumiy soni 114 250 nafarga yetdi. 

COVID-19 infeksiyasiga chalinish holatlari 50 032 tani tashkil etib, umumiy raqamlar 3 million 582 362 taga yetgan.  

Bugungacha, Braziliyada xavfli virusdan 2 million 913 966 sog‘aygan

Hindiston

Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan sutkada 912 kishi COVID-19 tufayli nobud bo‘lgan. Yangi koronavirus infeksiyasi tufayli vafot etganlarning umumiy soni esa 56 706 nafarga yetdi.  

Bugungacha mamlakatda 3 million 044 940 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, bemorlarning 2 million 280 566 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.  

Meksika

Meksika Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida mamlakatda COVID-19 tufayli 644 kishi vafot etgan. Mamlakatda ushbu virusdan vafot etganlar 60 254 nafarni tashkil qilmoqda. COVID-19 aniqlanishi bo‘yicha kunlik raqamlar 6 482 tani tashkil etib, umumiy holat 556 216 taga yetgan.  

Shu bilan birga, bugungi kunga qadar 453 104 kishi xavfli virusdan forig‘ bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Braziliya Meksika

Baholaganlar

321

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing