Uchko‘prik tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
23 may 2022
6025Bugun, 23 may kuni xalq deputatlari Uchko‘prik tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Abrorjon Qambarovich Asqarov nomzodi tuman Kengashi deputatlari tomonidan hokim lavozimiga bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Abrorjon Asqarov 1984 yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.
Mehnat faoliyati davomida Buvayda tumanidagi “Nurafshon” kredit uyushmasida, “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik-tijorat banki Farg‘ona viloyati filialida turli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Uchko‘prik tumani hokimining birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
LiveBarchasi