Uchko‘prik hokimi Navoiy hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
13 may 2022
8306Akmaljon Azimjonovich Mahmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Akmaljon Mahmudaliyev 1974 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1995 yilda Samarqand kooperativ institutining buxgalteriya hisoboti fakultetini, 2005 yilda Toshkent Kimyo-texnologiya institutining don va don mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakultetini tamomlagan.
2007 yildan 2013 yilgacha Davlat don inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasida yetakchi va bosh davlat don inspektori lavozimlarida ishlagan. 2013 yilning sentyabr oyidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Akmaljon Mahmudaliyev 2018 yilning 14 iyun kunidan boshlab tayinlovga qadar Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi.
LiveBarchasi