Uchqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Dilshod Mirxanov Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun, 14 iyun kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan va unda deputatlar viloyat hokimining Uchqo‘rg‘on tumani hokimi Muhammad Abduhakimovich Haydarovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qullab, Dilshod Abdullayevich Mirxanovni tuman hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi. 

Ma’lumot uchun, Dilshod Mirxonov 1985 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisliklari – qurilish muhandisi va iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini viloyat “Qumak Madad” uy-joy mulkdorlari shirkatida mutaxassis sifatida boshlagan. 2015-2017 yillarda viloyat hokimligi Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi moliya va xo‘jalik shartnoma munosabatlari bo‘limi bosh mutaxassisi, 2017-2019 yillarda esa sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar bo‘limi mutaxassisi lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari, Namangan viloyati hokimligi kommunal xo‘jaligi, “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK hududiy filiali rahbari bo‘lib ishlagan. 

Tayinlovga qadar viloyat Bosh qurilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan hokim Uchqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made