Uch tuman hokimi o‘rinbosari ishdan olindi, olti nafariga “hayfsan” berildi
Jamiyat
−
29 mart 2024
17747Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezident viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas’ul rahbarlarning bu boradagi faoliyati ko‘rib chiqilgani, ulardan 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilganini qayd etdi.
Jumladan, Kasbi, Qarshi, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokim o‘rinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar