Uch oyda ishdagi baxtsiz hodisalarda necha kishi halok bo‘lgani ochiqlandi
Jamiyat
−
10 may 2022
4906Joriy yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarishda 42 nafar xodim halok bo‘lgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva brifingda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur 3 oy davomida respublika bo‘yicha ishlab chiqarishda yuz bergan 132 ta baxtsiz hodisalar belgilangan tartibda maxsus tekshirilgan, shulardan 26 tasi (19 foizi) o‘lim bilan tugagan, 97 tasi (73 foizi) oqibati og‘ir va 9 tasi (6,8 foizi) guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgan.
Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 42 nafar xodim halok bo‘lgan, 104 nafar xodim og‘ir tan jarohati va 4 nafari yengil tan jarohati olgan.
Ushbu baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 776 ta aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 115 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan hamda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun 110 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 223 mln so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
LiveBarchasi