Uch nafar sudyaning vakolati uzaytirildi

Jamiyat

image

Kecha, 7 may kuni uch nafar sudya sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, Sherzod Yoqubjonovich Abduqodirov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudining raisi lavozimiga;

Umidjon Sharibjonovich Shokirov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi lavozimiga;

Avazbek Muxammadovich Sheraliyev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 12 nafar sudya intizomiy jazoga tortilgandi, ikki nafar sudyaning vakolati esa muddatidan ilgari tugatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing