Uch marta Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishga uringan ayol 5 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Uch marta Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishga uringan 32 yoshli ayol besh yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, N.S. ismli ayol 2020 yilda Suriya va Turkiyada faoliyat yuritayotgan “Tavxid va jixod katibasi” xalqaro terrorchilik guruhi a’zolari bilan Internet tarmog‘i orqali aloqa o‘rnatib, ularning ta’sirida Turkiyaga borgan. So‘ngra, jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriya hududiga o‘tishga uringan vaqtida Turkiya chegarachilari tomonidan qo‘lga olingan va O‘zbekistonga qaytarilgan.

Biroq, N.S. O‘zbekistonga qaytib kelganidan keyin ham jinoiy faoliyatini davom ettirib, Internet orqali “Tavxid va jixod katibasi” terrorchilari bilan aloqani qayta tiklagan, ularning g‘oyalarini qo‘llab kelgan hamda o‘z yaqinlari orasida va ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘iboti bilan shug‘ullangan. 

Xabarga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan fuqaro N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida N.S.ga nisbatan insonparvarlik tamoyili asosida “Tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

“Biroq, N.S. bu safar ham o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib olmasdan Suriyadagi hamfikrlari safiga qo‘shilish maqsadida O‘zbekiston hududidan yashirincha chiqib ketishga uringan vaqtida huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Bir necha marotaba imkon berilgan bo‘lsada, to‘g‘ri xulosa chiqara olmagan N.S.ga nisbatan sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

416

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing