Uch kun, minglab odamlar va katta bayram: Toshkentdagi Milliy Fest qanday o‘tdi?

Biznes

image

Mobiuz mobil aloqa operatori O‘zbekiston madaniyati va san’ati milliy festivali – Milliy Festning bosh hamkori bo‘ldi.

Bahorning yorqin voqeasi

Toshkentning eng qadimiy va go‘zal go‘shalaridan biri bo‘lgan “Milliy bog‘” katta bahor bayramining asosiy maskaniga aylandi. Bu yerda 2026 yil 27-29 mart kunlari “Milliy – The Story of Navruz” festivali bo‘lib o‘tdi. U shunday bir makonga aylandiki, kelgan har bir mehmon haqiqiy bahor va o‘ziga xos madaniyat muhitini his qildi.

Festival kunlari hunarmandlar yarmarkalari, kulolchilik, to‘quvchilik va kashtachilik bo‘yicha jonli mahorat darslari, Navro‘z tarixiga oid art-installyatsiyalar, milliy taomlarga ixtisoslashgan 30 dan ortiq ovkatlanish  hududlari tashkil etildi. Va albatta, sumalak qaynatildi, axir usiz bahor bayrami o‘tadimi?!

Oqshomlarda bog‘ katta konsert maydoniga aylandi. Asosiy sahnada Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov, Nadyr, Between Us guruhi o‘z chiqishlari bilan barchani xushnud etdi. DJ Safronov va King Macarella esa mehmonlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

Mobiuz’dan betakror takliflar

Uch kun davomida festivalda Mobiuz’ning maxsus hududi faoliyat yuritdi. Mehmonlar bayramning qoq markazida, hech qanday ofislarga murojaatlarsiz kompaniya mahsulotlari bilan tanishishlari, chiroyli raqamlarni, yangi “ORZU” tarif rejalarini (https://mobi.uz/uz/tariff/orzu/) va raqamli xizmatlarni ulashlari mumkin bo‘ldi. 

Kompaniyaga ulangan yoki Mobiuz ilovasini o‘rnatgan har bir kishi kupon olib, iPhone 16 Pro Max yutib olish imkoniyatini ko‘lga kiritdi. Kuponlar shu yerning o‘zida, maydonchada lototronga yig‘ildi. G‘olib aprel oyi boshida kompaniyaning Instagram sahifasida jonli efirda shaffof va halol tarzda aniqlanadi.

Mobiuz festival hududida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini ham o‘tkazdi. Yuzlab tashrif buyuruvchilar bayramona kayfiyatda kompaniyadagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida bilib, HR jamoasi bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Rasmiyatchilikdan xoli, galstuksiz, samimiy holatda Mobiuz xodimlari bo‘lajak hamkasblari bilan tanishishdi.

Korporativ bayram

Mobiuz’ning korporativ madaniyati qanday ekanini esa festivalda mehmonlar o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Kompaniya xodimlari uchun korporativ kun muzokara xonalari yoki ofis devorlari ichida emas, aynan festival maydonchasida tashkil etildi. Tasavvur qiling: jonli musiqa yangramoqda, bahor havosi a’lo kayfiyat bermoqda, yoningizda esa yelkadosh hamkasblar… Shu tarzda xodimlar uchun maxsus hudud ish chatlarida emas, yuzma-yuz suhbatlashish va shunchaki birga vaqt o‘tkazish mumkin bo‘lgan maskanga aylandi.

Milliy Fest o‘zining bayramona muhiti, milliy musiqasi va bahoriy kayfiyati bilan mamlakatning turli shaharlaridan kelgan odamlarni bir butunning bo‘lagidek his qilishiga sabab bo‘lgan lahzaga aylandi.

Milliy Fest – bir so‘z bilan ta’riflash qiyin bo‘lgan uch kun. Bayram, madaniyat, musiqa, odamlar. Mobiuz uchun bu shunchaki festival emas, balki mamlakat bahorni qarshi olayotgan joyda bo‘lish, odamlarning hayotiga yanada kirib borish imkoniyatidir. Axir aloqa bu faqat internet va tariflar emas, balki kerakli paytda yoningizda bo‘lish demakdir.

Tadbirdan fotojamlanmani bu yerda ko‘rishingiz mumkin

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Mobiuz Milliy Fest

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing