Uch klubda uch xil natija. O‘zbek klublari OCHLdagi yurishini boshladi
Sport
−
19 Sentabr 2023
8376Kecha, 18 sentyabr kuni 3 ta O‘zbekiston klubi Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) o‘yinlarida maydonga tushdi. Qarshining “Nasaf”, Olmaliqning OKMK va Namanganning “Navbahor” klubi guruh bosqichining dastlabki turida turli xil natija qayd etdi.
Qarshiliklar safarda “Al-Faysali”ni mag‘lub etdi. Yagona gol 90+8 daqiqada Zafarmurod Abdurahmatov tomonidan kiritildi. OKMK esa Saudiya Arabistoniga safar qilib, “Al-Ittihod”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi barcha gol 1-bo‘limda kiritildi.
Neymar boshchiligidagi “Al-Hilol” esa Namanganning “Navbahor” klubi bilan bahsda durangga imzo chekdi. O‘yindagi birinchi gol namanganliklar legioneri Toma Tabatadze tomonidan 52-daqiqada kiritildi. Bahsning 90+10 daqiqasida mezbonlardan Al Bulayhi hisobni tenglashtirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
O‘zbekistonning OCHLdagi 4-jamoasi “Paxtakor” bugun musobaqadagi yurishini boshlaydi. “Sherlar”ga BAAning “Al-Ayn” klubi raqiblik qiladi. Bahs 19:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.
LiveBarchasi