Uayt UFC Xasbik bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt Xasbik nomi bilan mashhur bo‘lgan dog‘istonlik bloger Xasbulla Magomedov bilan promouterlik shartnomasi haqida gapirdi.

“Ha, biz Xasbulla bilan shartnoma imzoladik. Keling, nima bo‘lishini kuzatamiz", deya Uayt so‘zlarini keltirdi “Sportskeeda”.

Shu yilning sentyabr oyida Xasbik UFC bilan besh yillik shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgandi. 13 oktyabr kuni u promoushen bilan shartnomasini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Xasbullaning bo‘yi 93 sm, og‘irligi esa taxminan 18 kgni tashkil qiladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing