U yolg‘on gapirib keldi. Nadejda Savchenko Poroshenkoni aybladi

Olam

image

"Ukrainaning sobiq Prezidenti Petro Poroshenko mamlakat Donbassdagi mojaroni hal qilishga qaratilgan Minsk kelishuvlarini amalga oshirmoqda, deb yolg‘on gapirib keldi", dedi Oliy Rada sobiq deputati Nadejda Savchenko. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Savchenkoga ko‘ra, Poroshenkodan farqli o‘laroq, amaldagi Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy ushbu hujjat qoidalarini bajarish yo‘lini izlamoqda.

"Poroshenko biz ularni bajaryapmiz, deb yolg‘on gapirgan, ammo aslida hech narsa qilmagan. Zelenskiy aslida ularni amalga oshirish mexanizmlarini izlamoqda", dedi sobiq deputat.

Savchenkoning ta’kidlashicha, Minsk kelishuvlarining barcha bandlarini bajarish oson emas va ularning har biri uchun "aniq harakatlar" talab etiladi.

Bundan tashqari, u Ukraina ichidagi mojaroni hal qilish uchun Kiyev Moskva bilan "har qanday formatda" muloqot olib borishi kerak degan fikrni bildirdi.

2014 yil aprel oyida Kiyev rasmiylari 2014 yil fevralda Ukrainada davlat to‘ntarishidan keyin mustaqillik e’lon qilgan LXR va DXRga qarshi harbiy operatsiya boshladi. BMTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, qariyb 13 ming kishi mojaroning qurboni bo‘ldi.

Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi, shu jumladan 2014 yil sentyabr oyidan beri qarama-qarshilikni tartibga soluvchi uchta hujjat qabul qilingan.

Hujjatlar Minskdagi aloqa guruhining yig‘ilishlarida muhokama qilinmoqda. Ammo, nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida yarashtirish to‘g‘risidagi kelishuvdan keyin ham otishmalar davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Donbass Nadeja Savchenko Poroshenko

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing