U qonunni buzdi – Moskva Baydenning impichmentini talab qilmoqda
Olam
−
21 mart 2022
28570Kongress AQSH Prezidenti Jo Baydenga impichment e’lon qilishi shart, chunki Amerikadan Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar “Azov” bataloni neonatsistlari qo‘liga o‘tib ketgan. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin so‘z ochdi.
Uning ma’lum qilishicha, Kiyevga yuborilgan qurollar neonatsist batalonlari, shuningdek “Azov” qo‘liga tushadi.
"Bu Baydenning impichmenti uchun asos. U qonunni buzdi", deydi Volodin.
Uning eslatishicha, Kongress 2017 yilda Pentagonga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan bo‘lib, u “Azov” faoliyatini moliyalashtirishni taqiqlaydi, shu bilan birga uni neonatsist tashkilot deb ataydi. “Azov” neonatsistlari tomonidan tinch aholining to‘kilgan qoni uchun Amerika rahbari [Jo Bayden] aybdor.
Shuningdek, u “Azov” bataloni “rusizabon aholiga qarshi jazolash operatsiyalarini o‘tkazuvchi, ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan va Rossiya Federatsiyasi hududida taqiqlangan” radikal millatchilar va yollanma askarlardan iborat ekanligini ta’kidlagan. Volodinning qayd etishicha, Bayden 2022 yil mart oyida Kiyevga 800 million dollarlik harbiy yordam paketini imzolagan va AQSHning Ukrainaga ko‘rsatgan yordamining umumiy miqdori 2 milliard dollardan oshib ketgan.
"AQSH Kongressi Baydenga impichment e’lon qilishga majbur. Kongres ikki tomonlama standartlarga chek qo‘yishi va Prezident Baydenni javobgarlikka tortishi kerak. Agar Amerikada qonun ustuvor bo‘lsa, bundan boshqa yechim bo‘lishi mumkin emas", deydi u.
Ta’kidlanishicha, 2017 yil may oyida AQSHning o‘sha paytdagi Prezidenti Donald Tramp federal hukumatni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan. Unga AQSH Kongressi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tuzatish kiritilgan. Unga ko‘ra, Pentagonga Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘larni “Azov” milliy bataloniga sarflash taqiqlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, “Azov” Ukraina Milliy gvardiyasi Sharqiy operativ-hududiy birlashmasining 3057-harbiy qismi tarkibidagi bo‘linma bo‘lib, 2014 yilning may oyida Mariupolda ko‘ngillilardan tashkil topgan. Dastlab Ukraina Ichki ishlar vazirligining maxsus politsiya patrul xizmati bataloni sifatida ish boshlagan. O‘sha yilning sentyabr oyida esa u polkka joylashtirilgan, noyabr oyida u Ukraina Milliy gvardiyasiga topshirilgan.
Impichment – bu munitsipal yoki davlat ijro organlari xodimlarini, davlat rahbarigacha bo‘lgan mansabdor shaxslarni keyinchalik lavozimidan chetlatilishi mumkin bo‘lgan javobgarlikka tortish. Impichment jarayonida vakolatli shaxs mansab vakolatini suiiste’mol qilish, noqonuniy xatti-harakatlari, ya’ni qasddan sodir etgan jinoyati uchun ayblanadi.
LiveBarchasi