U g‘alaba qozondi – Tramp Baydenning muvaffaqiyati “siri”ni aytdi
Olam
−
15 noyabr 2020
19599AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp Demokratik partiyadan nomzod Jo Baydenning nima uchun "saylovda g‘alaba qozonganini" tushuntirdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozib qoldirgan.
Oq uy rahbari saylovlardan so‘ng ovozlarni hisoblash "yomon obro‘ga va yomon jihozlarga ega bo‘lgan" Dominion kompaniyasi tomonidan amalga oshirilganini ta’kidlagan.
Tramp, shuningdek, kuzatuvchilarni ham saylov uchastkalariga jarayonni nazorat qilish uchun ruxsat berilmaganini aytib o‘tgan.
"U g‘alaba qozondi, chunki saylovlar soxtalashtirilgan", deb yozgan Tramp.
Unga ko‘ra, Baydenning "g‘alabasiga" "soxta" va "jim" OAV ham ta’sir ko‘rsatgan.
Avvalroq, Tramp raqibi Jo Baydenning g‘alabasi saylovlarda tasdiqlansa, saylangan Hukumatni ag‘darish rejasini tuzmayotgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.
7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.
LiveBarchasi