U-23 O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiada uchun qaydnomasi e’lon qilindi (video)

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Parij-2024 Olimpiada bahslarida ishtirok etadigan futbolchilari qaydnomasi ma’lum bo‘ldi.

Olimpiada reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchilar – Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov jamoaga jalb etildi. 

Temur Kapadze tomonidan taqdim etilgan umumiy ro‘yxatdan 23 nafar futbolchi joy oldi. Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov va Rossiyaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev ham yakuniy qaydnomadan joy olgan.

E’tiborlisi, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasiga chiqishiga sababchi bo‘lgan futbolchilardan biri, BAAning “Al-Vahda” klubi a’zosi Hojimat Erkinov qaydnomada yo‘q va buning sababi hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing