U-20 O‘zbekiston jamoasining JCH uchun qaydnomasi e’lon qilindi
Sport
−
08 may 2023 5872 1 daqiqa
Xabaringiz bor, joriy yining 20 may kuni Argentinada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Mundialda ishtirok etadigan O‘zbekiston yoshlar jamoasining tarkibi ma’lum bo‘ldi.
Jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov umumiy 21 futbolchini Argentina mundialiga jalb qilgan.

Jamoa bugun JCH oldidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun Madridga (Ispaniya) yo‘l oldi. Yig‘inning keyingi bosqichi Montevideoda (Urugvay) bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, U-20 O‘zbekiston jamoasi musobaqadagi dastlabki o‘yinini 20 may kuni mezbon Argentina jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Argentinadan tashqari Ravshan Haydarov shogirdlari Yangi Zelandiya va Gvatemala jamoalari bilan to‘qnash keladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr