To‘ylarni tartibga solishga oid qonun qabul qilinishi taklif etildi

Jamiyat

image

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlari portaliga “Oilaviy marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi murojaat matni joylashtirildi. 

Unda aytilishicha, respublikaning har bir hududi uzoq vaqt davomida shakllangan o‘ziga xos urf-odatlariga ega. Barcha oilaviy marosim va tadbirlar mana shu odatlar asosida o‘tkaziladi. Biroq, so‘nggi vaqtlarda mazkur marosim va tadbirlar keraksiz dabdaba, ortiqcha sarf-harajatlar bilan o‘zgarib ketmoqda. Mahalla vakillari, xotin-qizlar qo‘mitasi va keng jamoatchilik tomonidan aholi o‘rtasida bu borada ko‘plab tushuntirish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, mazkur masalada respublika miqyosida amal qiladigan qonun darajasidagi hujjatning yo‘qligi to‘y va marosimlarni maromida o‘tkazishni tartibga solishga imkon bermayapti.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilishni va unda yuqoridagi masalalar aniq belgilanishi taklif qilinmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi yillarda to‘y-hashamlar va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabadan holi o‘tkazishga qaratilgan harakatlar 2017 yil o‘rtalaridan boshlangan edi. Ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 3 avgust kuni O‘zbekiston ijodkorlari ziyolilari bilan uchrashuvida to‘ylarni qisqartirish masalasiga to‘xtalgan edi. 

Keyinroq, Prezident 2017 yilning avgust oyida Olmaliq shahriga tashrifi davomida to‘y-hashamlarda mehmonlar soni 200 kishidan oshmasligini taklif qildi
 


Maqola muallifi

Teglar

to'y-hashamlar

Baholaganlar

181

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar