Twitter soxta postlarga qarshi ayovsiz kurash boshladi

Texnologiya

image

Twitter’ning mikrobloglar tarmog‘i zararli va noto‘g‘ri bo‘lgan koronavirus ma’lumotlarini belgilaydi. Soxta xabarlar e’lon qilingan taqdirda, ekranda tvit o‘rniga kontent mutaxassislarning tavsiyalariga zid kelishi haqida ogohlantirish paydo bo‘ladi. Bu haqda kompaniyaning 11 maydagi blogida xabar berilgan.

Shunday qilib, agar tvitda odamni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan kasallik haqida ma’lumot bo‘lsa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchini bu haqda ogohlantiradi (bunday postlar maxsus yorliq bilan belgilanadi) va unga COVID-19 haqidagi ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa postlarga o‘tishni taklif qiladi.

Agar postda soxta ma’lumot bo‘lsa, uning mazmuni yashiriladi va foydalanuvchi postda taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rish istagini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Twitter nafaqat yangi xabarlarni, balki ilgari e’lon qilingan va noto‘g‘ri ma’lumotlarga ega bo‘lganlar ma’lumotlarni ham belgilab boradi.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, dezinformatsiyaga qarshi kurashning bunday tizimi boshqa sohalarda ham qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tvitter

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar