Twitter rahbari o‘zining ilk tvitini sotuvga qo‘ydi
Olam
−
10 mart 2021
3699Twitter rahbari, milliarder Jek Dorsi o‘zining birinchi tvitini sotish maqsadida kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda SNBC xabar qilmoqda.
Shunday qilib, Dorsining 2006 yil 21 martdagi "shunchaki o‘zimning twttr'imni sozlayabman" tviti kimoshdi savdosiga qo‘yilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tvit uchun eng yuqori taklif "Bridge Oracle" Bosh direktori Sina Estavi tomonidan berilgan.
Estavi tvitni 2,5 million dollarga sotib olishni taklif qilgan.
Dorsiga ko‘ra, auksion joriy yilning 21 martida yakunlanadi.
Dorsi tushumni bitkoinlarga aylantirib, ularni xayriya uchun sarflashni rejalashtirgan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili Dorsi koronavirus pandemiyasi bilan kurashish uchun 1 milliard dollar xayriya qilgan.
LiveBarchasi