Twitter logotipini o‘zgartiradi
Texnologiya
−
23 iyul 2023
5260Twitter egasi Ilon Mask tarmoq logotipi tez orada o‘zgartirilishini ma’lum qildi. Bu haqida u Twitter sahifasida yozgan.
“Tez orada biz Twitter brendi va asta-sekin barcha qushlar bilan xayrlashamiz”, deydi Mask.
Shuningdek, u Twitter uchun kelajakdagi dizaynni ham e’lon qilgan. Unga ko‘ra, yangi logotip qora fonda ifodalanadi.
Biroq rebrendingning yakuniy versiyasi hali kelishib olinmagan.
2022 yil 7 oktyabr kuni Mask Twitter'ni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik bitim tuzdi. Shundan so‘ng, u bir necha boshqaruv a’zolarini, jumladan, bosh direktor Parag Agraval va moliya direktori Ned Segalni ishdan bo‘shatdi.
AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasining ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Mask direktorlar kengashini ham tarqatib yubordi va kompaniyaning yagona rahbari bo‘ldi.
LiveBarchasi