“Twitter” endi yo‘q

Texnologiya

image

Twitter egasi Ilon Mask platformaning nomini X'ga o‘zgartirdi. Bugundan boshlab Twitter foydalanuvchilari ekranlarida kompaniyaning ramzi bo‘lgan qushcha o‘rniga X belgisi ko‘rinish berishni boshladi.

Mask bir necha yildan buyon qo‘l ostidagi barcha kompaniya va loyihalarni X nomi ostida birlashtiryapti. Xususan, u 1999 yilda asos colgan Bank xizmatlari sohasidagi startapiga x.com nomini bergan. Shu yil aprel oyida esa Twitter xolding kompaniyasi X Corp deb o‘zgartirildi. Bundan tashqari, Maskning koinot tadqiqotlariga ixtisoslashgan SpaceX tashkiloti ham ancha mashhur. O‘tgan haftada esa tadbirkorning sun’iy intellektga asoslangan yangi kompaniyasi ham xAI nomini oldi.

Bugundan boshlab ushbu ro‘yxatga Twitter ham qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ilon Mask Twitter an’anaviy qushcha belgisidan voz kechgani va kompaniya rebrending jarayonida ekanligi haqida ma’lum qildi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Twitter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing