Tuz zarrasidan ham kichik sumka 25 ming dollarga baholanmoqda

Bu qiziq

image

O‘zining antiqa yondashuvi bilan mashhur bo‘lgan MSCHF guruhi tomonidan mashhur Louis Vuitton kompaniyasiga tegishli OnTheGo sumkasining mittigina nusxasi taqdim etildi. Bu haqda “Smithsonian magazine” o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.

Sumkaning o‘lchami 657 x 222 x 700 mikrometrni tashkil etadi va shu haftada kimoshdi savdosiga qo‘yildi. 

“U shu qadar kichikki, igna teshigidan o‘tib ketishi mumkin. Reklama fotosuratlarida sumkani tutib turgan odam barmog‘i gigant odamga tegishlidek ko‘rinadi. Shunga qaramay, sumka 15 000 dan 25 000 AQSH dollarigacha sotilishi mumkin”, deb yoziladi saytda. 

Odatda MSCHF xaridorlarning bema’niligi ustidan kulish maqsadida shunday ko‘chirmalarni o‘ylab topadi.  Bu safar guruh ijodkorlari o‘z e’tiborini hashamatli hamyonlarga qaratishga qaror qildi. Ularning ba’zilari shunchalik kichik bo‘lib, narsalarni saqlash uchun xizmat qilmaydi. Bu ortiqcha hashamat va isrofgarchilikdir. Ular OnTheGo sumkasini oddiy shakli va katta logotipi uchun tanladi, ammo “Times” nashriga ko‘ra, ular brend dizaynini takrorlash uchun Louis Vuitton'dan ruxsat so‘ramagan.

Jamoa avvalo mayda buyumlarga ixtisoslashgan ishlab chiqaruvchini topishi kerak edi. Oxir-oqibat, biotexnologiya ishlab chiqaruvchi kompaniya loyihani amalga oshirishga rozi bo‘ldi. Ular qatrondan sumka tayorlash uchun ikki fotonli polimerizatsiya deb nomlanuvchi jarayondan foydalandi. Kompaniya ko‘rib chiqish uchun sumka namunalarini hamkori MSCHF ga jo‘natishni boshlaganida, kichik hajmi sabab jamoa hatto ularning bir nechtasini yo‘qotib qo‘ydi.

Biroq sumka xaridorlari bu haqda tashvishlanmaydi: u raqamli displeyli mikroskop ostiga joylashtirilgan muhrlangan jel qutisi ichida sotiladi.

Ma’lumot o‘rnida, MSCHF'ning hozirgi kundagi eng qimmat mahsuloti  2019 yil may oyida kimoshdi savdosida 1,3 million dollarga sotilgan.  Bu tarixdagi eng mashhur oltita kompyuter virusi bilan zararlanganiga qaramay, ishlaydigan noutbukdir.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sumka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar