To‘ylar bo‘yicha cheklov 20 iyuldan kuchga kiradigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan joriy yil 20 iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish ob’ektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, joriy yilning 20 iyulidan agar to‘yxonalar (restoranlar)da oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda  sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) sharti bilan o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Umumiy ovqatlanish ob’ektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtlarda shug‘ullanishlariga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

780

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing