To‘ydagi 13 o‘lim. Sobiq vitse-prezident “Tolibon”ni ayblamoqda

Olam

image

Kecha, 30 oktyabr kuni Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida o‘tkazilgan nikoh marosimida 13 kishi o‘ldirildi. Mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Amrulloh Solih bunda “Tolibon” harakatini ayblamoqda. Bu haqda TASS xabar berdi

“Tolibon” jangarilari Nangarhordagi to‘y marosimida musiqa ovozini o‘chirish uchun 13 kishini o‘ldirdi. Biz g‘azabimizni faqat qoralash bilan ifoda eta olmaymiz. Bu rejim uzoq yashamaydi, biroq, afg‘onlar unga qadar qurbon beradi”, deydi Solih o‘zining Twitter sahifasida. 

Bundan tashqari, Solih yana bir bor Pokiston rahbariyatini “afg‘on madaniyatini yo‘q qilish” maqsadida “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.

“Afghan Voice Agency”ga ko‘ra, voqea kechqurun Surxrud tumanida sodir bo‘lgan, o‘shanda “Tolibon” jangarilari to‘y marosimi ishtirokchilariga qarata o‘t ochishgan, chunki u yerda jonli musiqa yangragan. Agentlik manbalariga ko‘ra, otishma oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangan va mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.

O‘z navbatida, “Tolibon” harakati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Twitter’da yozishicha, o‘zini “Tolibon” a’zosi deb tanishtirgan uch shaxs to‘y qatnashchilariga musiqa chalgani uchun tanbeh berib, so‘ng ularga qarata o‘t ochgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, yana bir necha mahalliy aholi jarohatlangan. “Jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan ikki kishi, allaqachon, hibsga olingan va ular shariat (Islom qonunlari) asosida javob beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

696

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing