To‘y o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar yumshatildi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2021
6698To‘y va oilaviy marosimlarni o‘tkazishning yangi tartibi belgilandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma’naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, tegishli mutasaddi tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, to‘y va oilaviy marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha ilgari belgilangan cheklovlar yumshatilib, shu yilning 20 sentyabridan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berildi.
Avvalroq, 20 sentyabrdan mamlakatda ommaviy, ko‘ngilochar va madaniy tadbirlar o‘tkazishga o‘rnatilgan qator cheklovlar bekor qilingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi