Millatimiz illatlari. “Milliy tiklanish” mushohadaga chaqiradi!

Jamiyat

O‘zbekning to‘ylari haqida gap ketganda ma’naviy tanazzul iborasi tilga olinadigan bo‘lib qolgani bejiz emas.

Kuch, birlik, taraqqiyot dasturxonda yoki to‘yda emas, balki ilmda, tarbiyada ekanini ko‘pchilik bilib tursa-da, isrof balosidan, qadriyatsizlik illatidan uzoqlasha olinmayapti. 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bu borada mushohadaga chaqirdi.

“Hatto xorijda mehnat qilib, og‘riqli sharoitda pul topsak-da, dabdabali to‘ylar qilib, bir kechada yillab yiqqan mablag‘imizni shamolga uchiryapmiz. To‘ydan keyin hatto chillasi chiqmagan jufti halolini tashlab, bir uyum qarz bilan yana xorijga ketayotganlarimiz qancha? Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ushbu illat shunchalar gazak oldiki, endi uni quruq da’vat, chaqirig‘u tanbehlar bilan davolab bo‘lmasligini tushunib yetdik chog‘i... Bas, shunday ekan bizni bu yo‘ldan qaytara oladigan kuchli chora kerak. Boshqacha aytganda, andisha yo‘lini to‘sa oladigan, xoyu havas yuzidagi g‘ijimlangan pardani olib tashlab, isrof, illat oldida besh qo‘lni ham teng ko‘radigan qonun kerak bizga! Uning talabiga qarshi borganlar esa jazo muqarrar ekanini his etsinlar! Aks holda yana yuz yildan keyin hamjadidlardan iqtibos keltirib, nadomat ko‘chasida sarsonu sargardon yuraveramiz!” deyiladi partiya xabarida.

Telegram | YouTube


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing