To‘rtta OTMda turizmga oid yangi yo‘nalishlar ochiladi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi to‘rtta OTMda turizmga oid yangi yo‘nalishlar ochiladi.

Prezident Farmoniga binoan:

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining amaldagi o‘rinbosarlari soni doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Qo‘mita tashkiliy tuzilmasida 2021 yilda rejali qisqartirilishi kutilayotgan shtat birliklari hisobidan 9 ta shtat birligidan iborat Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing