To‘rtko‘l tumani hokimi o‘zgardi

Jamiyat

image

Bugun, 26 may kuni xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya ishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Musa Yerniyazov ishtirok etdi. U tuman hokimi lavozimiga shu kungacha Ellikqal’a tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rustam Azatovich Shamuratovning nomzodini taklif qildi.

Taklif qilingan nomzodni tuman Kengashining bir qator deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdi.

Sessiyada Rustam Shamuratov To‘rtko‘l tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Rustam Shamuratov o‘tgan yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining iqtisodiy rivojlantirish masalalari kotibiyati boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi, To‘rtko‘l tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Ellikqal’a tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Ellikqal’a tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

To'rtko'l tumani

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing