Tursinxon Xudoyberganov FVVdan ketdi. Uning o‘rnini o‘rinbosari egalladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Tursinxon Xudoyberganov nomzodi maqullandi. 

Bunga qadar Tursinxon Xudoyberganov Favqulodda vaziyatlar vaziri sifatida ishlab kelayotgan. Qolaversa, Prezident maslahatchisi ham hisoblanadi.

Tursinxon Xudoyberganov 1951 yilning 20 may sanasida Toshkentda tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 1974 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini, 1982 yilda Toshkent militsiya maktabini tamomlagan. 2018 yildan buyon Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi, 2020 yildan Oliy Majlis Senati a’zosi hisoblanadi.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev nomzodi ma’qullandi. U Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

634

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing